Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌿 Obod mahalla — farovon hayot mezoni

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M. Samandarova hamda O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Shokirovalar Istiqlol mahallasida bo`ldilar.

🔹 Oʻrganish jarayonida koʻp qavatli uylarning ichki yoʻlaklari (podezdlari), yertoʻlalari hamda ularga tutash hududlarning sanitariya va tozalik holati atroflicha koʻzdan kechirildi.

🏗 Shuningdek, mahallada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Tashrif davomida yoritish tizimining holati, tungi vaqtlarda aholi uchun yaratilgan qulayliklar ham batafsil tahlil qilindi.

✨ Obod va xavfsiz mahalla — xalq farovonligining muhim omili!

Slide 1 of 3