🔷Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Djabborov, kotibiyat bosh mutaxassisi N. Azimova hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi F. Boltaboyev Qushchi mahallasida joylashgan 26-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
🔷Tashrif davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligi, huquqiy madaniyat va yoshlar mas’uliyati haqida muhim tushunchalar berildi. Ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularni hushyorlikka chaqirish bugungi kunning dolzarb masalasi ekani yana bir bor ta’kidlandi.
🔷Bunday uchrashuvlar yosh avlodning ongli, bilimli va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.