Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ACHAMAYLI MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🔸 Inson qadri — e’tibor va g‘amxo‘rlikda
янв.21
Mahallalarda pilla yetishtirish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Xonobod mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
“Qo‘rg‘on” mahallasida zamonaviy bog‘cha bunyod etilmoqda
янв.21
Uyas mahallasida ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokamada
янв.21
Bekobod tumanida yoshlar tarbiyasi va xavfsizligi yo‘lida muhim uchrashuv 💼📚
янв.21
Bekobodda investitsiya loyihalari o‘rganildi: eksport salohiyati oshmoqda 🚀
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG`ILISHI O`TKAZILDI
янв.21
Xonobodda yoshlar bilan ishlash — e’tibor markazida 🚀
Achamayli mahallasida xotin-qizlar bandligi – ustuvor vazifa

Achamayli mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I. Egamberdiyev tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Jarayon davomida mahalla hokim yordamchisi tashabbuslari atroflicha tahlil qilinib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasidagi samarali ishlar alohida e’tirof etildi.

Ayniqsa, ayollarni hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlariga yo‘naltirish, ularni kasbga o‘qitish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada, mahallada xotin-qizlarning faolligi ortib, ularning jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda.

Slide 1 of 3