Pastdarg‘om tumanida jamoatchilik fikriga asoslangan muhim qaror qabul qilindi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 4-apreldagi VII-25-34-7-101-K/2-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalar rasmiy tasdiqlandi.
⚡️Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida shakllangan. Ushbu takliflar asosida ishlab chiqilgan tadbirlar Nizom talablariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Eng muhimi — bu qaror aholi bevosita ishtiroki, tashabbusi va ovozi asosida qabul qilindi.
Har bir loyiha ortida fuqarolar muammosi, taklifi va umidi mujassam.
Kengash esa ana shu ishonchni amaliy natijaga aylantirmoqda.
Bugungi kunda Pastdarg‘omda “Xalq — tashabbuskor, Kengash — ijrochi” tamoyili asosida samarali tizim shakllanmoqda