Yangiliklar

DEPUTAT MAHALLADA

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B.Yulchiyev Mustaqillik mahallasiga tashrif buyurib, hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolarga ajratilgan ijara yerlaridan unumli va samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida aholiga yuqori daromad keltiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda daromadni oshirish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Slide 1 of 3