Yangiliklar

Deputat "Qozoq Nayman" mahallasida: mahalla “yettiligi” faoliyati o‘rganildi

"Qozoq Nayman" mahallasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda mahalla “yettiligi” faoliyati yaqindan o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

️Mahalla raisi Jabborova Nargiza boshchiligida hududda olib borilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 

Suhbat davomida aholi farovonligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mahalla tizimidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, aholining taklif va murojaatlari ham tinglandi.

Slide 1 of 3