Yangiliklar

Obod hududlar qiyofasi – e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev Go‘zalkent MFY hududiga tashrif buyurib, obod ko‘chalar va zamonaviy binolar ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tashlandiq hamda qarovsiz qolgan, tadbirkorlarga tegishli binolarni joyiga chiqib o‘rgandi.

 O‘rganish davomida:

Qarovsiz qolgan obyektlar holati tahlil qilindi

Hudud obodonchiligi va estetik ko‘rinishiga ta’siri baholandi

Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar va mulkdorlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish belgilandi.

 Hududlar qiyofasini yaxshilash, tartib va obodonchilikni ta’minlash — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 2