Yangiliklar

📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Do‘stlik mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. 

Jumladan, mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida saylovchilar tomonidan hududdagi qattiq va qurilishga oid maishiy chiqindilarning to‘planib qolishi natijasida mavsumiy shamollar sababli mahalla hududi chang to‘zonda qolayotganligi yuzasidan jiddiy ohangdagi e’tirozlar ko‘tarildi. 

Mazkur murojaat yuzasidan muammoni hal etish maqsadida Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi chiqarildi.