Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalliy kengash deputati ochiq muloqotda

 🔹Ochiq muloqot yakunida aholi murojaatlari tinglandi, ya’ni To‘g‘onboshi va Xonanhor ko‘chalaridagi talabga javob bermay qolgan elektr simyog‘ochlar o‘rniga beton ustunlar o‘rnatish, shuningdek To‘g‘onboshi, Xonanxor hamda Zakovat ko‘chalariga shag‘al yotqizib, asfaltlashtirishga amaliy yordam so‘raldi. Shu bilan birga ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan ikki nafar nogironi bor Yuldashev Ro‘zali oilasi istiqomat qilayotgan uyini ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi. 

🔹Mahalliy kengash deputati Voxidjon Axmedov aholi vakillarining murojaatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlarini kiritadigan bo‘ldi. 

                                                                                                                                     Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1