Yangiliklar

#Jarayon

Бekobod tuman аdliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Madad”NNT bilan hamkorlikda Nayman mahallasida huquqiy targ‘ibot va sayyor xizmatlar tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga Prezidentning PF-80-sonli Farmoni, PQ-133-sonli qarori hamda boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mahalla faollari va aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi.

Fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori va unda belgilangan mezonlar haqida amaliy maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, mahalladagi namunaviy ish yuritish tartibi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar to‘plami ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1