Toshloq tuman Kengashi deputati M. Meliboyev tashabbusi bilan Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 52-sonli oilaviy poliklinika oldida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
Ushbu hudud transport vositalari harakati serqatnovligi bilan ajralib turadi. Xususan, tibbiyot
muassasasiga tashrif buyuruvchi fuqarolar, keksalar va bolalar uchun yo‘lni kesib o‘tishda muayyan xavf-xatarlar mavjud edi.
O‘rnatilgan svetofor piyodalar va haydovchilar o‘rtasidagi harakatni tartibga solish, yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.