Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A. Xolmirzayev o‘z hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini joyida ko‘zdan kechirdi. Jumladan, Savrak mahallasida qad rostlayotgan yangi mahalla binosining qurilish jarayoni bilan tanishilib, ishlarning belgilangan talab va me’yorlar asosida olib borilayotgani, bajarilish sifati hamda mas’ul tashkilot — “AN NUR BXI” MCHJ faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, qurilish maydonida mehnat qilayotgan ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, issiq yotoq joy va ovqat bilan ta’minlanish holati ham nazoratdan o‘tkazildi.

Slide 1 of 3