G'ozg'on shahar hokimligi majlislar zalida Shahar Kengashi deputatlari ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi, shuningdek, yangilanayotgan “O'zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, jamiyatda maromiylikni taʼminlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, kiberjinoyatchilik hamda ommaviy madaniyatning salbiy taʼsirlarini oldini olish masalalari yuzasidan ham fikr va mulohazalar bildirildi.