Yangiliklar

#bir_bayroq_ostida

🇺🇿RAMZIY BAYROQ NURAFSHON SHAHRIDA QABUL QILIB OLINDI

🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sharafiga yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi davom etmoqda.

🇺🇿17- noyabr kuni ramziy estafeta Nurafshon shahrida tantanavor tarzda qabul qilib olindi. Yurtdoshlarimizning davlat ramzlariga boʻlgan ehtiromi va sadoqati yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Nurafshon shahri faollari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, nuroniylar, harbiylar, sportchi yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida ramziy bayroqni Piskent tumanidan qabul qilib olish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda o‘tdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Slide 1 of 1