Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
✅Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
✅Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:
👉Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil
III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot;
👉shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil III chorakda qonuniylikni
ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida;
👉shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yil III chorakda amalga
oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot;
👉boshqa masalalar.
Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi