Xalq Qabulxonasining 2025-yilning toʻqqiz oyi mobaynidagi faoliyat koʻrsatkichlari yuzasidan taqdim etilgan axborot-tahliliy materiallari va shahar Ichki Ishlar Boʻlimi hamda shahar Prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 sonli Qarori ijrosi boʻyicha taqdim etilgan axborotlar xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik va huquq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida muhokama qilindi.