Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 18-Taraqqiyot saylov okrugi deputati A. Tursunbayev okrugdagi Taraqqiyot mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — deputatning o‘z saylovchilari oldidagi faoliyati yuzasidan axborot berish va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishdan iborat bo'ldi.
Muloqot davomida quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:
Mahalla hududida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar (obodonlashtirish, infratuzilma va ijtimoiy loyihalar).
Shaharning umumiy rivojlanishiga oid so'nggi davrda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar.
Deputat A. Tursunbayev mahalla yettiligi a'zolari bilan konstruktiv muloqot o'rnatib, aholi muammolarini hal etishda o'zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta'kidlab o'tdi.