Yangiliklar

SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA MUHOKAMASI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman miqyosida faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda mavjud muammolar yuzasidan batafsil hisobotlar tinglandi. Hisobotlar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan savol-javoblar o‘tkazilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan Doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10