🔹Joriy yilning 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi kun tartibida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi binolar, sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport obyektlarini kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish yuzasidan manzilli tadbirlarni belgilash hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari yuman Kengashi deputati Z.Esirgapova tomonidan Uyas va Nayman mahallalaridagi 17-15-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔹Deputat mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishib, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir zaxiralari, isitish tizimlari va ularning saqlanish holatini joyida ko‘zdan kechirdi.