Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Dalvarzin saylov okrugidan saylangan deputat Samandarova Mayram Dalvarzin mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashib ularning murojaatlarini tingladi.
Uchrashuvda deputat Samandarova Mayram 2025 yil 1-choragida o‘z faoliyati davomida saylovchilarni qiynayotgan muammolar, takliflarni o'rgandi. Tuman miqyosidagi muammolarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.
Deputat bu kabi uchrashuvlar aholi farovonligini oshirishga, ijtimoiy adolatni o‘rnatishga va korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga egaligini ta‘kidladi.