Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Kimyoxon Muhiddinova
"O‘zbekiston" mahallasi yettiligi bilan xamkorlikda saylovchilar bilan
sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda mahalla faollari
va fuqarolari ishtirok etib moddiy yordam, uy joy masalalari, ishga joylashish va
boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Deputat tomonidan ushbu masalalar
atroflicha muhokama qilinib, masala yechimi yuzasidan mahalla yettiligi bilan kelishib
olindi. Bundan tashqari
deputat tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan
islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar haqida fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berdi