Xalq deputatlari Bekobod shahri Kengashi deputati Gulbahor Abdullayeva saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalq deputatlari Bekobod shahri Kengashi deputati Gulbahor Abdullayeva mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi, mavjud masalalarni hal etish maqsadida hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuvda fuqarolarga korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz bo‘lish zarurligi ta’kidlandi va mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.