Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HAMKORLIK MEMORANDUMI AMALDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hamda “MADAD” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur memorandum asosida 2026-yil 15-iyun kuni “MADAD” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Avazbek Appaqov ishtirokida aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan yuridik muammolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Andijon shahridagi bo‘lim va boshqarmalar, tashkilot hamda muassasalarda har hafta uchrashuvlar tashkil etish, aholini qiynayotgan yuridik muammolarni o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Ushbu memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Slide 1 of 2