Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Andijon shahar “Navro‘z” MFY, A.Navoiy shoh ko‘chasi 58-uyda yashovchi fuqaroning yashash xonadoni avariya holatiga kelib qolganligi sababli uni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha belgilangan hujjatlar tayyorlanib, tegishli tartibda topshirilgan edi.

Biroq, fuqaro qayta murojaat qilib, o‘tgan vaqt davomida qarorga asosan mablag‘ ajratilmayotganligini bildirib, deputatdan amaliy yordam so‘radi.

Shunga ko‘ra, Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilib, mablag‘ ajratilmasdan kelayotganligi holatini o‘rganib chiqish hamda belgilangan 10 kunlik muddatda yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 2