O‘ZLIDEP Ayollar qanoti faoli, Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati T. Xalilova tashabbusi bilan Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda O‘ZLIDEP Navoiy viloyati Kengashi vakillari, tuman Kengashi deputatlari hamda ta’lim muassasasi pedagoglari ishtirok etdi. Uchrashuvda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligi, ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, Prezident Murojaatnomasi islohotlarni izchil davom ettirish, fuqarolar faolligini oshirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim dasturilamal hisoblanadi.