Yangiliklar

KELAJAK SOATI DARSLARI DOIRASIDA

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati X.Ibragimova tomonidan Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-sonli umumta’lim maktabida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kelajak soati” darsida ishtirok etib, “Jadid bobolarimiz” mavzusida o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida dars jarayonini bevosita kuzatib, o‘quvchilar bilan muloqot qildi hamda jadid bobolarimizning milliy ma’rifat, ta’lim-tarbiya va taraqqiyot yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida
atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Dars jarayonida o‘quvchilarga jadidchilik harakatining mohiyati, uning vakillari — ma’rifatparvar
ajdodlarimizning Vatan ravnaqi va xalq kelajagi yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati haqida keng tushunchalar berildi.
  

Slide 1 of 3