Yangiliklar

Buloqboshi tumani Kengashi deputati Turganova Dildora Sobirovna tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlari o‘rganildi

 Buloqboshi tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlari o‘rganildi. 

Ushbu munosabat bilan deputat mahalla hududiga tashrif buyurib, kam ta’minlangan va yordamga ehtiyoji mavjud bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi, ularning kundalik turmushi, ijtimoiy muammolari hamda ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi. 

Xususan, suhbat jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish rejalashtirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga
befarq bo‘lmaslik hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada samarali tashkil etishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4