Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari J.Kamolxodjayev, X.Ibragimova va U.Abdunazarovlar tomonidan shahrimiz obodonchiligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi va saranjom-sarishtaligi uchun fidokorona xizmat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar uchun issiq kofe va shirinliklar tashkil etilib, mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor etdilar. Shuningdek, bugungi kunda shahar miqyosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida to‘xtalib, xalqimizning sevimli shoirlarining she’rlaridan o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida ishchi-xodimlar bu e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.