Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yoshlar faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari Sayyora Ergasheva hamda Kimyoxon Muhitdinova tomonidan “O‘zbekiston” va “Sirdaryo” mahallalaridagi faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holati o‘rganildi. Mahalladagi aholi salomatligi, tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati, bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, sport zallari jihozlanishi holati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Suhbat yakunida mahallada kambag‘allik reestrida ro‘yxatida turuvchi fuqarolar bilan tanishib, hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan
bir nafar fuqaroga dori-darmon uchun homiylik yo‘li bilan mablag‘ ajratib berildi.
  

Slide 1 of 3