Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 3-“Ittifoq” saylov okrugidan saylangan deputat M.Abdusattarova tomonidan “Ittifoq” MFY aholisini turmush darajasidan xabar olish, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish, og‘ir ahvoldagi kam taʼminlangan, boquvchisi yo‘q, xonadonida nogironi bor bo‘lgan oilalarga ko‘mak berish masalalari yuzasidan tegishli masʼullar bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.