Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi to'g'risida
янв.21
"O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuvi to'g'risida
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 23 июндаги “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш” концепцияси тасдиқлаш тўғрисидаги ПФ-98 Фармони бўйича
янв.21
2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati to'g'risida
янв.21
2025 йил 10-11 июнь кунлари бўлиб ўтган IV-Тошкент халқаро инвестиция форуми ҳамда хорижий инвесторлар кенгаши мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг нутқларида илгари сурилган энг муҳим ташаббус ва иқтисодий кўрсаткичлар бўйича
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Болгария Республикаси Президенти Румен Радевнинг расмий делегациялар иштирокидаги музокаралари бўйича
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida

 Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali
seminar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2025-yil 11-avgustdagi №3-sonli qaroriga asosan xududlarda “Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovlarini tashkil etish belgilangan. 

Shunga ko‘ra Joriy yilning 11-oktyabr kuni Baxmal tuman hokimligi majlislar zalida Baxmal tumanidan saylangan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari, shahar va tuman kotibiyat mudirlari hamda viloyat Kengashi xodimlaridan iborat delegatsiyasi o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashiga tashriflari amalga oshirildi. 

Xususan, Kengashlar hamkorligi doirasida Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan 25 nafar deputatlar va Kengash kotibiyati vakillari ishtirokida Baxmal tumanida qator uchrashuvlar amalga oshirildi, jumladan;
- Baxmal tumanidagi namunali Kengash faoliyati bilan tanishdilar; 

- Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi doirasida “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 10 ta ko‘p qavatli uylarining fasad qismi, issiqlik tizimlari, drenaj va suv tarmoqlarini yangilash hamda Baxmal tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jarayonlari bilan tanishildi; 

- Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro
hamkorligi doirasida “O‘smat” shaxarcha fuqarolar yig‘inidagi 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining investisiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan
tanishildi. 

- deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqoti bo‘yicha tajriba almashishdi; 

- Baxmal tumani O‘rmonchi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Uyluqma oilaviy shifokorlik punktining rekonstruksiya ishlari”ga tashrif lari davomida ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘z malakalarini oshirdilar. 

Baxmal tumani Kengashidagi deputatlik faoliyati, ijro hokimiyati bilan hamkorlik va yoshlar bilan ishlash tajribalari deputatlar tomonidan yuqori baholandi. 

Bundan tashqari tashriflar doirasida Jizzax viloyati Kengashidan tashrif buyurgan deputatlar va kotibiyat mudirlaridan iborat delegatsiyasi Baxmal tuman hokimi bilan birgalikda “Novqa mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Novqa ota” ziyoratgohi” hamda “Baxmal tumani “Qutlig‘obod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Oromgoh qurilishi jarayonlari” hamda turistik majmualariga tashrif buyurishdi. 

Shundan so‘ng mahalliy Kengash deputatlari so‘zga chiqib o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 

Xalq deputatlari Baxmal tuman
Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 17