Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi to'g'risida
янв.21
"O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuvi to'g'risida
Tumanda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Bahor oyida tumanimizda bog‘dorchilikka oid obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Ayni kunlarda tuman aholisi va ko‘ngillilar hamda deputatlar ishtirokida uzumzorlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

Xususan, uzum taglarini yovvoyi o‘tlar va begona o‘simliklardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar nafaqat uzumning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi, balki hosildorlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘karmagan, qurib qolgan ko‘chatlar aniqlanib, ularning o‘rniga yangi, sifatli ko‘chatlar ekilmoqda.

Bu jarayonlarda mahalla faollari, tuman Kengashi deputatlari, bog‘bonlar, yoshlar va boshqa fuqarolar faol qatnashib, mahallaning yanada ko‘rkam va obod bo‘lishiga hissa qo‘shishmoqda. Ishlarning muvofiqlashtirilganligi, jamoaviy mehnat ruhi natijasida qisqa vaqt ichida katta hududda tozalash va yangilash ishlari bajarildi.

Slide 1 of 5