XALQ BILAN MULOQOT — AMALIY HAMKORLIK ASOSI
Tuman Kengashi deputati Amanov Baxtiyor Normatovich Oqtosh mahalasida “mahalla yettili”gi a’zolari hamkorlikda mahalla faollari va oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq bilan muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi!
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim qadami!