DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI
Tuman Kengashiga 2-“Jarbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Amanov Baxtiyor Normatovich fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar deputat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Fuqarolar bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalarni aniqlash va ularning yechimiga xizmat qiladi.