Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “To‘xlimergan” MFY, Olmazor ko‘chasi, 4-uyda yashovchi fuqaro Muhammedov Dilshodjon murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro D.Muhammedovning farzandi Shuhratova Dilshodahonga buyrak jarrohlik amaliyotini o‘tkazish maksadida bepul tibbiy yo‘llanma ajratilishida amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro D.Muhammedovning farzandi D.Shuhratovaning tibbiy holatini belgilangan tartibda o‘rganib, zarur tibbiy ko‘rik va maslahatlarni tashkil etish, buyrak jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun bepul tibbiy yo‘llanma ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish hamda tegishli tibbiy muassasalar va mas’ul mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2