Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “To‘xlimergan” MFY, Bog‘chachilik ko‘chasi 33-uyda yashovchi fuqaro Sh.Yusupova murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro Sh.Yusupovaning xonadonini ta’mirlash ishlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan va tegishli tizimga kiritilgan bo‘lsa-da, mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar hali boshlanmagani bildirilgan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Sh.Yusupovaning xonadonini ta’mirlash masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, ta’mirlash ishlarini amalda boshlash choralarini ko‘rish, mas’ul tashkilot va mutasaddilarni belgilash hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bajarilish holati va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2