Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maxalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Бахмал тумани Фидокор маҳалла фуқаролар йиғинида Ободонлаштириш ишлари давом этмоқда.
янв.21
Baxmal tumani "Mustaqillik" mahallasida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Joriy yilning 11 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi hamda Baxmal tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonunlar layigalari bo’yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.Unda Xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
янв.21
25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi,
янв.21
2024- yil 6- noyabr Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
“Bir adolatchi – yuz ayolga himoyachi”

O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Xususan, O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan joriy yilning fevral-mart oylarida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda joylarda aksiya doirasida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mahallalardagi notinch oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov tomonidan O‘zbekiston “Adolat” SDP Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Termiz shahar IIB, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorligida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida partiyaning “Bir adolatchi – yuz ayolga himoyachi” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoyalaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda partiyaning viloyat va shahar Kengashi faollari, hamkor tashkilot vakillari, deputatlar, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchi va talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligiga, xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida Termiz shahar IIB tomonidan mazmunli va xayotda uchraydigan achinarli haqiqat haqida videolavha namoyish etildi.

Slide 1 of 4