Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Dasturiy mahsulotlar va axborot  texnologiyalari parki Farg‘ona viloyati filialida “IT” xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari B.Djalilov va A.Mahkamovlar ishtirok etdilar. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham tub o‘zgarishlarga olib keldi. Xizmat ko‘rsatish sohasiga yangicha yondashuvlarning joriy etilishi tadbirkorlar faoliyatidagi to‘siqlar kamayishi hamda ularning daromadlari oshishiga, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Aholi bandligi ta’minlanishi natijasida esa mamlakatimizda fuqarolarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilashga erishiladi. Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, avvalambor, aholining moddiy farovonligini yuksaltirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 7-fevral kuni xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bugungi kunda eng muhim masalalardan ekanligining amaliy isbotidir.

Deputatlar davlatimiz rahbari tomonidan yer uchastkalarini va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish bo‘yicha ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish hamda tadbirkorlarga e’lon qilish vazifasi yuklatildi. Shu bilan birgalikda joriy yilda masofaviy xizmatlar loyihalari uchun 50 million dollar ajratilgani, bunda ko‘proq chet el kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilinganiga urg‘u berdilar.

E’tiborlisi, joriy yilda IT xizmatlari xajmini 30 foiz o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish imkoniyati borligi qayd etildi. Shuningdek, yig‘ilishda moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, turizm xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish kerakligi va bunga imkoniyatlar yetarligi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 4