Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxmal tumani Fidokor mahalla fuqarolar yig‘inida Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Maxalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Бахмал тумани Фидокор маҳалла фуқаролар йиғинида Ободонлаштириш ишлари давом этмоқда.
янв.21
Baxmal tumani "Mustaqillik" mahallasida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Joriy yilning 11 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi hamda Baxmal tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonunlar layigalari bo’yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.Unda Xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
янв.21
25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi,
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining 93-sessiyasi Vobkent tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida
hokim oʻrinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi raisi, tuman hokimi F.Umarov raislik qildi.
 

Sessiya ishida dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25 oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar
infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qarori doirasida Vobkent tumanida 2023-yil yanvar-may oylari davomida amalga oshirilgan loyihalarning ijrosi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
 

30 ta mahallalardagi 116,7 km iborat avtomobil yoʻllarini taʼmirlab 102,8 kmni asfalʼtlashtirish bilan bir qatorda 13,9 kmni
sementobeton qoplama yotqizish ishlari rejalashtirilgan, shundan, tumanning 28 ta mahallalar hududlaridagi tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida boʻlgan 111,0 km ichki yoʻllarni asfaltlashtirish, 13,9 km sementobeton qoplama yotqizish ishlari hamda avtomobil yoʻllari boshqarmasi tassarufidagi 2 ta “Koʻlxatib” va “Kosari” mahallalari hududlaridan oʻtuvchi 5,7 km umumfoydalanuvdagi yoʻllarni taʼmirlash, 4 ta mahalla “Xoʻjarabot” MFYda 8,7 km, “Bozorjoyi” MFYda 14,9 km, “Arabxona” MFYda 3,8 km va “Qoʻqin” MFYda 12,0 km, jami 39,4 km ichimlik suvi tarmoqlarini tortish bilan bir qatorda “Gʻaribshox” mahallasida mahalla maʼmuriy binosini qurish va “Shanba” mahallasidagi 27-maktabda issiqlik tizimini taʼmirlash, “Quruvchi” mahallasida 55 dona koʻcha chiroqlari oʻrnatishdan iborat. Joriy yilning hisobot davrida mazkur qarorning tumanda ijrosi boʻyicha qoʻyidagi ishlar bajarildi.
 

Jumladan:

- viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi buyurtmasi asosida qurilish ishlari olib borilayotgan 3 ta obyektlar, shundan, 27-son maktab issiqlik tizimini taʼmirlash, “Quruvchi” mahallasida 55 dona koʻcha chiroqlari oʻrnatish, “Gʻaribshox” mahalla binosini qurish ishlari yakunlanib, mazkur obyektlar foydalanishga topshirildi. 

- “Buxoro suvtaʼminot” MCHJ buyurtmachiligi asosida tumanda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish boʻyicha 4 ta “Xoʻjarabod”, “Bozorjoyi”, “Qoʻqin” va “Arabxona” MFYlari hududidagi qishloqlarga toza ichimlik suv quvurlari qurish ishlari jami 39,4 km rejalashtirilgan boʻlib, hisobot davrida 44,6 km suv tarmoqlari tortildi. Shu bilan birga, tumanda loyihalash davrida inobatga olinmagan aholi xonadonlariga ham iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha suv tarmoqlari tortildi. 

- Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish 6 ta pudratchi tashkilotlar tomonidan barcha obyektlarda navbatma-navbat qurilish ishlarini olib borish tashkillashtirilgan. Buxoro viloyati Avtoyoʻl boshqarmasi buyurtmachiligi asosida tumanda
umumfoydalanuvdagi “Koʻlxatib” MFY hududidan oʻtuvchi 4N-155 yoʻlining 3,8 km qismi va “Kosari” MFY hududidan oʻtuvchi 4K-151 yoʻlining 1,9 km qismini taʼmirlash ishlari yakunlandi.
 

Joriy yilning yanvar-mart oylarida tumanda jami9085 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlanishi rejalashtirilgan boʻlib, I chorak davomida barcha soha va yoʻnalishlarda 9717 nafar, yaʼni 107,1 foizga fuqarolarning quyidagi yoʻnalishlarda bandligi taʼminlandi. 

Jumladan: 

- moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagʻallikni qisqartirish sohasida reja 2400 nafar belgilangan boʻlib, amalda 3002 nafarni; 

- qurilish, transport va kommunal sohasida reja 200 nafar belgilangan boʻlib, amalda 201 nafarni; 

- qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligida reja 5670 nafar belgilangan boʻlib, amalda 5700 nafarni; 

- investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha reja 185 nafar belgilangan boʻlib, amalda 187 nafarni; 

- turizm va madaniyat sohasida reja 625 nafar belgilangan boʻlib, amalda 627 nafarni tashkil etadi. 

  Tumanda ishga joylashtirishga muxtoj aliment toʻlovchilarning bandligiga koʻmaklashish, aliment va moddiy taminotga oid ijro hujjatlari boʻyicha jami 619 ta murojaatlar boʻlib, shundan, bandligi taminlanganlar soni 539 tani tashkil etmoqda. Hozirgi kunda qolgan 80 nafarini bandligini taʼminlash ishlari olib borilmoqda. 

Tumanda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar buyicha 15 ta murojaat kelib tushgan boʻlib (18-30 yoshgacha boʻlgan fuqarolar 2 ta) shundan, 8 nafari tumanda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻsh ish oʻrinlarga ishga joylashtirilib bandligi taʼminlangan boʻlib, norasmiy (har xil turdagi kunlik) ishlar bilan bandlar soni 7 tani
tashkil etmoqda. 

Muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar soni 62 nafarni tashkil etib, bandligi taminlanishi lozim boʻlganlar soni 62 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, bandligi taminlanganlar soni 62 nafarni, oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqish uchun hujjat topshirganlar soni 18 nafarni hamda oʻzini-oʻzi band qilganlar soni 1 nafar, oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun hujjat topshirin uchun
tayyorlanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda. 2023-yilda ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha joriy yil I choragida tashkil qilingan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar soni 145 nafarni tashkil etdi. 

Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari
Vobkent tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
  

Slide 1 of 15