Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi


Deputatlarning saylovchilar bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash — shahar Kengashi faoliyatining bosh mezonidir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova tomonidan Kengash deputatlari S.Xodjayeva, X.Xolmuminov hamda G.Abramatovalarning bugungi kundagi deputatlik faoliyati tahliliy-tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Muloqot va tahlil davomida ushbu deputatlarning o‘z saylov okruglarida amalga oshirgan amaliy ishlari hamda mas’uliyati atroflicha baholandi:

Saylovchilar bilan muloqot: Okruglarda fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va sayyor qabullarning tizimliligi hamda natijadorligi;

Murojaatlar bilan ishlash: Aholi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-maishiy va kommunal muammolarning o‘rganilish holati;

Deputatlik so‘rovlari va nazorat: Hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi idoralarga yuborilgan so‘rovlar va ularga olingan javoblar;

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Okruglardagi mahallalar faoliyati va "yettilik" bilan birgalikda olib borilgan nazorat-tahlil tadbirlari.

Tahlil yakunida Kengash raisi D.Normuradova deputatlarga saylovchilar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, okruglarda "xonadonbay" o‘rganishlarni ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor va sifatli bartaraf etish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalarni berdi.

Deputatlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligi doimiy tahlil hamda nazoratda bo‘ladi!
Slide 1 of 2