Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash raisi O. Tursunov tomonidan o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Saylovchilar tomonidan hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan qator takliflar bildirildi.

Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning yechimini topish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni muntazam yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

🤝 Bunday uchrashuvlar xalq vakili va saylovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3