35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Oqtosh mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Nurobod mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
O’rmonchi mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
⚡️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda
янв.21
📍 Nurobod mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Oyqor mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI
янв.21
🩺 AHOLI SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
Deputat nazorati

 Deputat nazorati 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari Manzura Artiqova va
Mehribon Tillayeva ishchi guruh tarkibida "Adolat" mahallasidagi
savdo shoxobchalarida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
 

O‘rganish davomida savdo qoidalariga rioya etilishi, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifati, narx-navoning asosliligi, oziq-ovqat mahsulotlarining
yaroqlilik muddati hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi
yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
 

Tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun
yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar e’tirof etildi. Deputatlar esa savdo
sohasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarga sanitariya-gigiyena qoidalariga
qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishda maxsus kiyim
va qo‘lqoplardan foydalanish majburiy ekanligini alohida ta’kidladilar.
 

Aniqlangan ayrim kamchiliklar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf
etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni
tizimli hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi
yuborilishi qayd etildi.
 

Deputatlar bunday o‘rganishlar aholining qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasida qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlashga xizmat
qilishini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 1