35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Oqtosh mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Nurobod mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
O’rmonchi mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
⚡️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda
янв.21
Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
📍 Nurobod mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Oyqor mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI
янв.21
🩺 AHOLI SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
#sessiya

Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi 64-sonli topshiriqlar bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;

✔️Shahar Adliya bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahar prokurorining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;

✔️Shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil ikkinchi choragi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️Shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-sonli qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

✔️Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️Shahardagi 9-, 25-, 26-, 48- va 57-sonli umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yili uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish hamda ta’lim muassasalarini “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish to‘g‘risida;

✔️Shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda sessiya kotibi va sanoq komissiya raisi xulosalari eshittirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7