📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi kotibiyat mudiri Amanov Baxtiyor tomonidan Do’stlik mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llar holati, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
📝 Har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarning mazmuni joyiga chiqib o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish uchun nazoratga olindi.
🔍 Ayrim murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazilishi, zarur hollarda tegishli idoralarga so‘rov va tavsiyalar yuborilishi belgilandi.