🎭 Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan "Samarqand viloyatida festivallar, tomosha-konsert va yirik ommaviy tadbirlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.
📌 Mazkur qaror asosida viloyatning barcha shahar va tumanlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yagona reja asosida tizimli tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga muvofiq:
✅ Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yoshlar kuni kabi umumxalq bayramlari yuqori saviyada tashkil etiladi;
✅ Festival, tomosha-konsertlar, ko‘rik-tanlovlar, maqom va mumtoz musiqa kechalari, estrada konsertlari, kino namoyishlari hamda taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar muntazam o‘tkaziladi;
✅ Har bir hududda tadbirlar uchun aniq maydonlar, mas’ul tashkilotlar va o‘tkazish muddatlari belgilandi;
✅ Tadbirlarni elektr ta’minoti, xavfsizlik, tibbiy xizmat va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha kompleks tashkiliy choralar ko‘riladi.
🤝 Mazkur qaror viloyatda madaniy hayotni yanada rivojlantirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda Samarqandning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.