Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotibiyat mudiri B.Amanov “Doʻstlik” MFYda infratuzilmani yaxshilash jarayonlari bilan tanishdi

Kotibiyat mudiri B.Amanov “Doʻstlik” MFYda infratuzilmani yaxshilash jarayonlari bilan tanishdi

📌 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi.

⚡️ Tashrif davomida B.Amanov mahallada elektr taʼminoti sifatini oshirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish doirasida oʻrnatilayotgan yangi temir-beton ustunlar (tayanchlar) hamda montaj jarayonlarini joyida oʻrgandi.

🛠 Oʻrganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda eng muammoli nuqtalarga ustuvorlik berilishi holatiga alohida eʼtibor qaratildi.

💬 “Isteʼmolchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash — hudud infratuzilmasini rivojlantirishning muhim omilidir. Bu borada boshlangan ishlar sifatli yakuniga yetkazilishi xalq vakillari nazoratida boʻladi”, — deb taʼkidladi B.Amanov.

 

Slide 1 of 2