#162_ta_qonun
📑 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
🇺🇿Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati E.Suyunov tomonidan Alijon mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🇺🇿O‘rganish davomida mahallada yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🇺🇿Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🇺🇿Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib boriladi.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube