Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova Nurobod mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalar muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar yuzasidan olib borilayotgan faoliyat ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, manzilli yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. O‘rganish yakunida mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4