O‘rganishlar davomida hududdagi infratuzilma, obodonlashtirish, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar hamda aholini qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Deputat tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.