Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Mashxurbek Dovlatov 2-son umumta’lim maktabi hududida tashkil etilgan oromgohda dam olayotgan bolalar uchun o‘tkazilgan 100 dona kitob taqdimoti tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar vakili taqdim etilgan kitoblarning mazmuni va ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan bunday xayrli tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilishini ta’kidladi.
Bolajonlar sovg‘a qilingan kitoblarni katta qiziqish va olqishlar bilan qabul qilib, tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirdilar.